"Barsa" Messiga bosim qilyapti!

  • 27.06.2021 07:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyatining ayni paytdagi eng katta maqsadi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolashdir.

Tecno

Klub mutasaddilari futbolchining otasi Xorxe Messi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara olib bormoqda, biroq hali tomonlar bir to‘xtamga kelganicha yo‘q. Klub Messining ketib qolishiga tayyor emas va futbolchining 30 iyungacha davom etadigan kelishuvi yakunlanmay turib, uni yangilashni talab qilmoqda.

O‘zaro muzokaralar joriy yilning aprel oyida qayta tiklangan va shundan beri tomonlar o‘n marotabadan ko‘p yangi shartnomani muhokama qildi.

Avvalroq, agar Messi bitimga rozilik bersa, “Barselona” maoshlar fondini 200 million evrogacha qisqartirishga majbur bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!