“Barsa” Messiga dahshatli maosh to‘lash usulini topdi

  • 05.04.2023 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Lionel Messining “Barselona”ga qaytishi juda ko‘p muhokama qilinmoqda.

Bu transferga yagona to‘siq sifatida kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli ko‘rsatilmoqda. “Barselona” hozirgi holatida Messining katta maoshini ko‘tara olmaydi.

Le Parisien nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar jahon chempioni talablarini bajarish usulini topdi.

Unga ko‘ra, Messi “Barselona”da 10 million evro miqdorida yillik maosh oladi. Bu summaga homiylardan olingan mablag‘dan ajratiladigan ulush qo‘shiladi. Shuningdek, Messiga sotilgan chiptalar va uning nomi tushirilgan futbolkalar savdosidan kelgan puldan foiz ajratiladi.

Messining o‘zi ham Kataloniyaga qaytishga qarshi emasligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Paxtakor muhlisi
05/04/2023 14:36
Кискаси Барсани нечадур фоиз акциясини бериб куяколишади