"Barsa" Messiga yordamchi olyapti

  • 22.07.2020 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish uchun Lionel Messi yoniga Per-Emerik Obameyangni olib kelishni rejalashtirmoqda.

“Inter”dan Lautaro Martinesni transfer qila olmagan kataloniyaliklar uning o‘rniga gabonlik hujumchini olib kelmoqchi. “Barsa” Obameyang uchun 52 million evro taklif qilgan va ayni paytda to‘purarning bir qarorga kelishini kutmoqda.

O‘z navbatida, “Barselona”ning ashaddiy raqibi “Real” Obameyang uchun “Arsenal”ga ikkita futbolchini taklif qilmoqda. Gabonlik hujum oldida “Inter”, “Manchester Yunayted” va PSJ variantlari ham bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!