
“Barsa” Messini qaytarish shartlarini aytdi. Leo bunaqasiga ko‘narmikin?
Mundo Deportivo nashri PSJdan Lionel Messini qaytarishni rejalashtirayotgan “Barselona” rahbariyati argentinalik yulduzga bir necha talablarni qo‘yayotgani haqida xabar tarqatdi.
Kataloniya klubi xo‘jayini Joan Laporta va bosh murabbiy Xavi Ernandes Lionel Messi klub talablarini qabul qilgan taqdirda ortga qaytishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Birinchi navbatda, Messi o‘zi oladigan maoshning katta qismidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, argentinalik yulduz maydonda Xavi unga ajratadigan rolga rozilik berishi kerak.
Messi “Barsa”da eng asosiy figura bo‘la olmaydi, klubdagilar qariya futbolchi jamoa etakchilariga aylanayotgan Pedri va Gavining o‘sishini to‘sib qo‘yishini istmayapti.
Joan Laporta Messi klubga marketing bo‘yicha katta foyda keltirishini hisobga olib, uni Kataloniyaga qaytarmoqchi bo‘lyapti. Chunki Messi qaytsa, klub imidji ko‘tariladi.
Fikrlar