"Barsa" murabbiylari tavakkal qiladimi?

  • 26.10.2021 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele jarohatidan forig‘ bo‘lish va safga qaytish arafasida turibdi.

Diario Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi muolajalarning so‘nggi bosqichini o‘tkazmoqda va ayni damda umumiy guruhda shug‘ullunishni boshlab yuborgan.

Klub murabbiylar shtabi Dembelening salomatligi bilan tavakkal qilmoqchi emas va shu sababli uni maydonga tushirishga shoshilishmayapti. Usmon katta ehtimol bilan La Liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan “Rayo Valekano”ga qarshi bahsda maydonga tushmasligi mumkin.

Ayni paytda "Barselona" murabbiylar shtabi 24 yoshli futbolchini "Alaves" (30 oktyabr) va Kievning "Dinamo" (2 noyabr) jamoalariga qarshi o‘yinlarda bir necha daqiqaga maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

Dembele so‘nggi marta iyun oyida maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!