
"Barsa" MYuning taklifiga rad javobini berdi
"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisi Frenki de Yong uchun 60+10 million evrolik summa taklif qilgan. Biroq katalon klubi bunga rad javobini bergan.
"Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati yarim himoyachining transferidan katta pul ishlab olishni maqsad qilgan. De Yong uchun "Barselona" 85 million evro so‘ramoqda.
Hozircha futbolchi kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. Klub moliyaviy qiyin ahvolda ekani sabab niderlandiyalik iqtidor egasini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
25 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda 46 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar