«Barsa» Pogba borasida yakuniy qarorga keldi
«Barselona» "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferini to‘xtatishga qaror qildi. Bunga asosiy sabab, futbolchining agenti Mino Rayola ortiqcha pul talab qilishi bo‘ldi.
Hozirda jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgan kataloniyaliklar uchun agentga o‘n millionlab pul to‘lashni deyarli iloji yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Pol Pogbaning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar