“Barsa” prezidenti ikki futbolchini haydayapti

  • 8 avgust, 2022, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoaning ikki o‘yinchisi – hujumchi Martin Breytueyt va himoyachi Samuel Yumtiti borasida fikrlarini bildirdi.

Tecno

Breytueyt va Yumtiti hozir o‘zlari uchun eng yaxshi variant boshqa jamoalar uchun o‘ynash ekanini tushinib etdilar. Futbolchilarning shartnomalariga doimo amal qilinadi, biroq ular oldinga qadam tashlaydigan vaziyat kelganini ta’kidlash lozim, - dedi Joan Laporta.

31 yoshli daniyalik hujumchi Breytueyt 2020 yilning fevral oyidan “Barselona” hujumchisi hisoblanadi. Shundan beri Martin kataloniyaliklar safida 57 ta uchrashuvda o‘nta gol urdi.

28 yoshli Samuel Umtiti 2016 yili Kataloniyaga olib kelingan. Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan himoyachi keyingi mavsumlarda asosiy tarkibga kira olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!