“Barsa” “Real” kutayotgan futbolchini “ilib” ketmoqchi

  • 17.10.2024 18:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya”ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devis anchadan beri “Real” nishonida turadi. Madridliklar bu himoyachini olish uchun bir necha bor muzokara o‘tkazgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, kanadalik futbolchi kelasi yoz Ispaniyaning boshqa grandi – “Barselona”ga o‘tib ketishi mumkin.

Ispaniyalik jurnalist Fernando Poloning ma’lum qilishicha, Devisning o‘zi “Bavariya”ni tark etish maqsadida klub bilan mavsum oxirida tugaydigan shartnoma muddatini uzaytirgani yo‘q.

Bu boshqa klublarga yanvar oyidayoq Devis bilan dastlabki shartnomani tuzib qo‘yish imkonini beradi.

Kataloniyaliklar ham 50 million evroga baholanayotgan 23 yoshli himoyachini erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi.

Ispan grandlari Alfonso Devisni qo‘lga kiritish uchun Angliya Premer-ligasi klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!