
"Barsa" turkiyalik yarim himoyachini sotib olmoqchi
Marselo Brozovichni qo‘lga kirita olmagan "Barsa" boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida "Fenerbaxche" futbolchisi Arda Gyuler favorit bo‘lib turibdi, deya xabar bermoqda Ispaniya nashrlari. Bu mish-mishlarni klub prezidenti Joan Laporta ham tasdiqladi.
"Arda Gyuler juda iqtidorli futbolchi va biz u bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqdamiz. Deko ayni dam Turkiyada", - dedi 61 yoshli ispan.
"Barsa" 18 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgan yagona klub emas. Kurashda "Real" va "Arsenal" kabi jamoalar ham bor. Futbolchining tovon puli 15 million funt bo‘lib turibdi.
Fikrlar