"Barsa" uni Traorega almashmoqchi

  • 18 yanvar, 2022, 12:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" qishgi transferlar oynasida ayrim futbolchilarni sotib yuborishni maqsad qilgan. Rahbariyatdan dahshatli maosh so‘ragan Usmon Dembele bu ro‘yxatning boshida turibdi.

Tecno

Klub frantsuz o‘rniga "Vulverxempton" vingeri Adama Traoreni olmoqchi. Shuningdek, bu transferga hozirda "Vulvz" safida ijara asosida harakatlanayotgan Fransishku Trinkauning ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Ya’ni kataloniyaliklar 1 futbolchi o‘rniga 2 futbolchi taklif qilyapti.

Ma’lumot uchun, Usmon Dembelening "Transfermarkt" portalidagi bahosi 30 million evro etib belgilangan.
Xuddi shu portalda Adama Traore 28 millionga baholangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!