"Barsa va MYu kelishuvga erishdi

  • 4 iyun, 2022, 17:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hamda MYu Frenki De Yong transferi borasida kelishuvga erishish arafasida. 

So‘nggi muzokaralarning natijasiga ko‘ra, "qizil iblislar" niderlandiyalik uchun 80 million evro to‘lashga tayyor. Bu miqdor "ko‘k-anorranglilar"ni to‘liq qanoatlantirgan. 

25 yoshli o‘yinchini MYuga olib kelishni mankunialiklar ustozi Erik ten Xag xohlamoqda. Mutaxassis uni o‘z jamoasiga o‘tishga ko‘ndirmoqchi. 

Frenkining o‘zi "Barselona"da qolishni istamoqda. Biroq kataloniyaliklar uni qo‘yib yuborishga tayyorligini anglab etgach, u fikrini o‘zgartirdi. Transfer uning qaroriga bog‘liq. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!