“Barsa” xo‘jayini Mbappening ashaddiy raqib safiga o‘tganini qanday qabul qildi?

  • 7 iyun, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarkibi Kilian Mbappe evaziga yanada kuchaydi. Bu holatga ashaddiy raqib – “Barselona” xo‘jayini Joan Laportaning munosabatini so‘rashdi.

Kataloniyalik mutasaddi quyidagicha fikr bildirdi.

- Mbappening “Real”ga o‘tgani haqida nima deyishim mumkin? Menga o‘zimizning klub falsafasi – jamoani mahalliy futbolchilardan shakllantirish ko‘proq ma’qul.

Raqiblarimiz nimalar qilayotganiga hurmat bilan munosabatda bo‘laman, lekin o‘z falsafamga sodiq qolaman, - dedi Joan Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!