“Barsa” yana bir aqlli transferni amalga oshirishi mumkin

  • 14 iyul, 2022, 16:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi AS.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati frantsiyalik 23 yoshli hujumchi transferiga Memfis Depayni ham qo‘shish niyatida, chunki "Lids" vingeri Rafinya sotib olingach va Usmon Dembele bilan yangi shartnoma imzolanganidan keyin gollandiyalik forvard “ko‘k-anorranglilar” asosiy tarkibidan joy olishi qiyin bo‘ladi. Shu bois, klub Depay bilan xayrlashishga qarshi emas.

28 yoshli Memfis o‘tgan mavsum “Barsa”ning barcha musobaqalar doirasidagi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

“Transfermarkt” portali Gollandiya terma jamoasi futbolchisini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!