“Barsa” yashirib yurgan yulduzchani “Chelsi” olib ketmoqchi

  • 1 noyabr, 2023, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” yosh futbolchilarga alohida qiziqish bilan qarashi odatiy holga aylangan. “Aristokratlar” skautlari “Barselona” akademiyasida tarbiyalanatgan Pau Kubarsining salohiyati haqida klub rahbarlariga ma’lumot kiritdi.

Tecno

16 yoshli Pau Jironada tug‘ilgan va shu shaharning o‘zida futbol sir-asrorlarini o‘rgana boshlagan. U besh yil muqaddam “Barsa” akademiyasiga qabul qilindi. 2023 yilning aprelida Xavi Ernandes uni “Barselona”ning asosiy tarkibi bilan shug‘ullanishga jalb qildi. Oradan uch oy o‘tib, u klub bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Xavi Ernandes ham markaziy himoyada ishonchli o‘ynay oladigan Pauning iqtidorini yuqori baholayapti va yaqin kelajakda uni ham asosiy jamoada o‘ynatmoqchi.

Shunday bo‘lsa-da, “Chelsi” mutasaddilari iqtidorli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!