“Barsa”da katta tozalash bo‘ladi. Klub bir guruh yulduzlarga javob beradi

  • 12 may, 2024, 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” joriy mavsumni nufuzli sovrinlarsiz yakunlashga majbur. Shu bois, yozda tarkib tubdan o‘zgartiriladi.

Tecno

Klub rahbariyati Xavi Ernandesni ketish fikridan qaytardi. Ispaniyalik mutaxassis jangovar jamoa shakllantirishi shart.

Mutasaddilari bir necha yulduzni sotuvga qo‘ymoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar yarim himoyachi Frenki de Yong, himoyachilardan Ronald Arauxo va Jyul Kundeni sotib yuborishga tayyor.

“Manchester Siti”dan ijaraga olingan Joau Kanselu xizmatidan ham voz kechiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, klub eng katta maosh olayotgan Robert Levandovskini ham sotib yuborib, o‘rniga arzonroq hujumchi olib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!