“Barsa”da katta yo‘qotish

  • 9 aprel, 2023, 22:01
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoaning eng kuchli o‘yinchilaridan biri Usmon Dembelening xizmatlaridan uzoq muddat foydalana olmaydi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, frantsiyalik futbolchi kamida yana uch oy davomida jarohatini davolatishga majbur.

Avvaliga, Dembelening safga qaytishi uchun bir yarim oy qolgani aytilgandi. Qo‘shimcha tekshiruvlar jarohatning hamon  jiddiyligini ko‘rsatdi. Aslida hujumchi fevral oyida shikastlangan, hozirga qadar tiklana olmay kelayotgandi.

Endi bu muddat yanada cho‘zildi. Dembele joriy mavsum La Ligada 18 ta uchrashuvda beshtadan gol va assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!