
“Barsa”dagi joyini saqlab qolgan Xavi birinchi qaysi yulduzdan qutilishi aniq bo‘ldi
Mavsum oxirida “Barselona”ni tark etishini ma’lum qilgan Xavi Ernandes fikridan qaytdi va kelasi mavsum ham bosh murabbiy vazifasini bajarishi rasman e’lon qilindi.
Ispaniyalik mutaxassis yozda tarkibda jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
AS nashrining ma’lum qilishicha, birinchi bo‘lib, niderlandiyalik hujumkor futbolchi Frenk de Yong sotib yuboriladi.
Bu pleymeyker jamoaning eng qimmatbaho o‘yinchilaridan biri sifatida eng katta maoshlardan birini olib kelmoqda.
Qizig‘i shundaki, Xavi Ernandes avval ham Frenki de Yongni sotib yuborilishi tarafdori bo‘lgan va “Manchester Yunayted”ning taklifini qabul qilgandi. Biroq o‘shanda futbolchining o‘zi Kataloniyani tark etishdan bosh tortgan.
Ekspertlar klub bilan 2026 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan o‘yinchi jamoada qolish uchun maoshining katta qismidan voz kechishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar