“Barsa”dan ranjigan yulduz jamoadan o‘ch oladigan bo‘ldi
“Barselona”da yana yuqori saviyada o‘ynay boshlagan Usmon Dembele klub bilan yangi shartnoma imzolamasligini bildirdi.
Xaridori tobora ko‘payib borayotgan frantsiyalik futbolchi Kataloniya klubi rahbariyatining o‘ziga nisbatan munosabatidan ranjigani uchun hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, klub xo‘jayinlari futbolchi boshidan o‘tkazgan og‘ir davr – jarohatlarini davolatish jarayonida uni qo‘llab-quvvatlamasdan, tezroq sotib, qutilishga harakat qilgani Dembelening ko‘nglini og‘ritgan.
23 yoshli hujumkor futbolchining “Barselona” bilan bitimi yana bir yil davom etadi. Shuning uchun kataloniyaliklar yozda uni sotib, xarajatlarni bir qismini qoplashga intiladi.
Dembeleni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi bo‘layotgan klublar orasida “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Arsenal”, “Tottenxem” va “Liverpul” bor.

Fikrlar