“Barsa”ga kerak bo‘lmay qolgan yulduzlarni Angliyada kutishmoqda

  • 25 may, 2022, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning  Sport.es sayti xabar berishicha, “Arsenal” rahbariyati “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan ikki yulduzga o‘z tarkibidan joy berishga tayyorligini bildirgan.

Tecno

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi kelasi mavsum hujumchi Memfis Depay bilan ishlamoqchi emas. Niderlandiyalik to‘purarni jamoaga avvalgi bosh murabbiy Ronald Kuman taklif qilgan.

Shuningdek, kataloniyaliklar anchadan beri asosiy tarkibga kira olmayotgan frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtiti bilan ham xayrlashishni rejalashtirmoqda.

“Kanonirlar” tajribali himoyachini Londonga chorlayapti.

“Arsenal” har ikki o‘yinchi uchun “Barselona”ga 25 million evro bermoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!