“Barsa”ga MYuda porlagan futbolchi kerak

  • 7 dekabr, 2021, 19:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Todofichajes nashrining xabar berishicha, “Barselona” mutasaddilari  “Real Sosedad” etakchisi Adnan Yanuzayni transfer qilmoqchi.

Tecno

Belgiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”da o‘ynagan davrda muxlislar e’tiborini qozongan. Keyinchalik “Borussiya” va “Sanderlend”da o‘zini ko‘rsata olmagan Yanuzay 2017 yilda Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tgandi.

26 yoshli futbolchi bugungi kunda jamoasining etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi. U “Real Sosedad” tarkibida 100 dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, 12 ta to‘p kiritdi.

Mahoratli yarim himoyachi Belgiya terma jamoasi safida 2018 yili Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medalga sazovor bo‘lgan.

Yanuzayning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Uning transferi 12 million evroga baholanmoqda.

“Barselona” rahbariyati klubning moliyaviy imkoniyatlari cheklangani uchun Yanuzayni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish yo‘llarini qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!