
"Barsa"ga o‘tishni istayotgan futbolchi APL klublari o‘rtasida talash bo‘lmoqda
Ispaniyaning “Diario Sport” nashri bergan malumotlarga ko‘ra, “Arsenal” ham Ruben Nevishni sotib olish uchun kurashga qo‘shilgan. Futbolchi “Vulverxempton” bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Avvalroq, ushbu nashr “Nevishga “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublaridan takliflar bo‘lgani haqida xabar bergandi. Ammo u “Barsa”ning taklifini eshitgach, Ispaniya jamoasiga qo‘shilishga rozi bo‘lgan”.
Ruben ushbu mavsum barcha chempionatlarda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Fikrlar