
“Barsa”ga yangi raqobatchi chiqdi
“Manchester Siti” tarixidagi eng yaxshi to‘purar Serxio Aguero yozda klubni tark etishi aniq bo‘lgan.
33 yoshli hujumchiga bir qator jamoalar ko‘z tikmoqda. Biroq, asosiy da’vogar sifatida “Barselona” nomi tilga olinmoqda. Kataloniyaliklar Agueroni olib kelish orqali uning yaqin do‘sti Lionel Messini jamoada qolishga ko‘ndirmoqchi.
Shunga qaramay, Serxioda faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirish imkoniyati ham bor. Hujumchi uchun kurashayotgan klublar qatoriga “Everton” ham qo‘shildi. Argentinalik futbolchining transfer summasi 25 million evroga baholanmoqda.
O‘n yildan beri “shaharliklar” sharafini himoya qilayotgan Aguero barcha turnirlarda 386 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 258 ta gol urgan va 73 ta golli pas oshirgan. U “Manchester Siti” safida jami 15 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar