“Barsa”ni faqat bir jamoaga almashaman!

  • 19 iyul, 2022, 13:06
  • 0
  • Futbol

“Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong “Manchester Yunayted”ga o‘tishdan bosh tortdi.

Garchi klublar bu transfer bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, niderlandiyalik futbolchi sobiq ustozi boshqarayotgan jamoaga o‘tmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Frenki de Yong “Barselona”dan faqat birgina klubga o‘tishga rozi bo‘ladi. Bu klub “Bavariya” ekan.

25 yoshli yarim himoyachi faoliyatini o‘z yurtida “Villem” va “Ayaks” jamoalarida o‘tkazgan. Kataloniyaliklar iste’dodli o‘yinchini 2019 yili 86 million evroga sotib olgan edi.

Faoliyati davomida 301 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 33 ta gol va 43 ta assist rasmiylashtirgan Frenki de Yongning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!