“Barsa”ni o‘zgartirayotgan Kuman jamoani kuchaytiradigan futbolchi topdi

  • 15.03.2021 21:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman tarkibni yoshartirish bo‘yicha boshlangan ishlarni javom ettirmoqda. Xususan, niderlandiyalik mutaxassis himoya chizig‘ida yosh, tezkor va chaqqon futbolchilarni o‘ynatmoqchi.

Birinchi navbatda, kataloniyaliklar erkin agentga aylanib, klubga tekin keladigan “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiyani kutmoqda. Kuman klub rahbariyatidan uning yoniga “Marsel”da o‘ynayotgan Bubakar Kamarani olib kelishni so‘rayapti. Bu ikki futbolchi yoshi o‘tib qolgan Jerar Pike va jarohatlarga moyil Samyuel Umtitining o‘rnini egallaydi.

Kamaraning “Marsel” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etishini inobatga olib, “Barsa” rahbariyati 21 yoshli futbolchini yozgi transferlar vaqtida arzonroq narxga xarid qilmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!