"Barsa"ning ikki muhim a’zosi PSJga qarshi dastlabki bahsda o‘ynamaydi

  • 1 aprel, 2024, 15:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri Evropa Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi PSJ bilan birinchi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. "Sport" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi parijliklar bilan birinchi o‘yinda o‘z vaqtida tiklanishga ulgurmaydi.

Pedri "Kamp Nou" stadionida bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida maydonga qaytishi kutilmoqda. Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar"ning yana bir a’zosi Frenki de Yong ham Parijdagi bellashuvda ishtirok etishi so‘roq ostida.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli xavbek Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 16 o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!