“Barsa”ning kuchli va kuchsiz tomonlari qaysilar? (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 10 aprel, 2019, 18:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bugun EChL doirasida “Everest tog‘i”ni ya’ni “Barselona” to‘sig‘idan o‘tish vazifasini bajarishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

“Qizil iblislar” nimchorak finalda kimsan “PSJ”ni ortda qoldirdi va ularning imkoniyatlarini ham past baholab bo‘lmaydi. Ayniqsa yangi bosh murabbiy – Ole Gunnar Sulsher kelganidan keyin jamoada katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.

“Barselona” esa “kichik daho” etakchiligida har qanday raqibni dog‘da qoldirishga qodir. 2009 va 2011-yilgi EChL finallarini yodga olgan holda, “Barsa” yana bir marta ingliz klubini er tishlatishga urinib ko‘radi. Biroq ularning ham kuchli tomonlari bilan birga zaif nuqtalari ham bor. Muhimi “MYu” ana shulardan ustamonlik bilan foydalana olishida.

Kuchli tomoni: kenglik va bo‘sh maydon

“Barselona”ning hujumdagi unsurlariga diqqat bilan qarasak bir narsa namoyon bo‘ladi. Ularning himoyachilari ancha yuqori o‘ynashadi.

Avvalo ularning raqiblarga qarshi taktikasini ko‘rib chiqsak. Kuchsizroq jamoalarga qarshi o‘yinlarda Alba, Semedu yoki Serxi Robertolar hujumchilar bilan bab-baravar o‘ynashadi. Bunda ular hujumchilarni qo‘llab-quvvatlashadi va ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratishadi.

Bu hali hammasi emas. Ularning kengroq o‘yin namoyish qilishi ancha tezkor bo‘lgan Usmon Dembelega raqib himoyachilarini dog‘da qoldirishda juda asqotadi.

Zaif nuqtasi: qarshi hujum

Ammo, “MYu” kuchsiz jamoa emas. Sulsher qo‘li ostida, Reshford, Lingard, Marsyal va Pogbalar ancha yorqin o‘yini namoyish qilishmoqda. Pogba to‘p bilan jamoasining qarshi hujumlarini mohirona boshlab bermoqda.

“Barsa”ga qarshi aynan Reshford va Marsyal muhim figuralarga aylanishi mumkin. Ular kuchli chopag‘on futbolchilar va qarshi hujumlarda kataloniyaliklarga imkon qoldirmasligi mumkin.

Leopard o‘z uslubini, “Barsa” esa o‘z falsafasini o‘zgartirmaydi. Ularning himoyachilari an’anaviy tarzda hujumga yaqinroq joyda o‘ynashad. Pogba orqali boshlanadigan har qanday qarshi hujum “ko‘k-anorranglilar”ning bo‘sh qolgan zonalarida xavfli vaziyatlarni yaratib beradi.

Kuchli tomoni: EChLdagi tajriba

“Barselona” Evropa Chempionlar Ligasida ekspert jamoalardan biri. Messi, Alba, Pike, Buskets, Rakitich va boshqalar bilan Valverde o‘z qo‘li ostida yillardan beri EChLda toblangan futbolchilarga ega. Fakt shki, yuqorida tilga olingan futbolchilar birgalikda 12 bor EChL g‘oliblariga aylanishgan.

“Manchester Yunayted”da esa aksincha, endigina porlay boshlagan futbolchilarga to‘la. Ular “qizil iblislar”ning Premer Ligadagi eng murakkab o‘tish davrini boshidan kechirishmoqda. Reshford, Lingard va Pogbalar Evropa Ligasini yutgan bo‘lishi mumkin, biroq “Kamp Nou”da o‘ynash borasida etarlicha tajribaga ega emas.

Agarda, ingliz klubi dastlabki o‘yinni o‘z foydalariga hal qilgan taqdirda ham, “Barsa” veteranlari o‘yinni o‘z foydalariga javob uchrashuvida qaytarib olishi mumkin. Ko‘pchilik PSJ”ga qarshi 6-1 hisobidagi “kambek”ni unutmagan bo‘lsa kerak.

Zaif nuqta: tezlik etishmasligi

Dembele Malkom bilan aqlbovar qilmas darajada tezkor bo‘lishi mumkin. Ammo hujumda tezligi yil sayin pasayib borayotgan Suares bilan o‘z hamohanglini yo‘qotishi mumkin.  Kataloniyaliklar safida tezkor sprinterlar soni atigi uchta – Dembele, Malkom va Alba.

Biroy frantsuz futbolchisi “Lion”ga qarshi o‘yindan beri maydonga tushgani yo‘q. Endigina safga qaytgan Dembele muhim uchrashuvda tushmasligi ham mumkin. Agarda u dastlabki o‘yinda tushmaydigan bo‘lsa, “Barsa” “MYu” qarshisida muhim qurolidan ajralgan bo‘ladi.

Messi yana bir marta futbol dahosini isbotlashga urinib ko‘radi, ammo sport formasida bo‘lmagan Koutino yonida u ham bir o‘zi “qizil iblislar”ga bas kelolmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!