
"Barselona", PSJ va "Liverpul" qiziqib yurgan futbolchi Qatarga yo‘l oldi
Urugvayning 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi sardori Fabrisio Dias faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
20 yoshli urugvaylikni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga "Barselona", "Liverpul", PSJ hamda "Inter" kabi Evropaning grand klublar qiziqqandi. Biroq u "Al-Garafa" tarkibiga o‘tishga qaror qildi.
Iqtidorli tayanch yarim himoyachining "Transfermarkt" portalidagi bahosi 6 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar