“Barselona” 3 futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

  • 1 iyul, 2022, 19:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" bir necha o‘yinchilariga 4 iyul kuni bo‘ladigan mashg‘ulotlarga borishi shart emasligi haqida ogohlantirdi.

Tecno

Futbolchilarga yangi klub izlashlari uchun qo‘shimcha bir hafta ta’tilga chiqish taklif qilingan.

Klubning “qora ro‘yxati”dan joy olganlar quydagilar hisoblanadi: himoyachilar Samuel Umtiti va Oskar Mingesa, shuningdek, yarim himoyachi Rikard Puch.

Futbolchilarning o‘zlari ham bosh murabbiy Xavining yangi mavsum rejalariga kiritilmaganidan xabardor. Shu sabab jamoadan ketishga qarshi emas. Ammo hozircha ularning moliyaviy ehtiyojlarini qondiradigan klub topilgani yo‘q.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Umtiti 2 million evro, Puch 7 million evro, Mingesa esa 6 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!