"Barselona" anchadan beri bunday yomon natija qayd etmayotgandi
"Barselona" jamoasi bu mavsum La Ligada 68 ta gol urdi. Bu klubning 2004 yildan beri qayd etgan eng yomon natijasi hisoblanadi.
Shuningdek, kataloniyaliklar barcha musobaqalar doirasida 86 ta gol urishga erishdi. Bu 2005 yildan beri kuzatilmay kelayotgan holat edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Xavi shogirdlari chempionat oxirgi turida "Vilyarreal"ga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq bu qoniqarsiz natija ularning La Ligada 2-o‘rinni saqlab qolishiga to‘sqinlik qilmadi.

Fikrlar