"Barselona" Belerinning o‘rniga zo‘r futbolchi topdi

  • 27 mart, 2017, 16:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Anchadan buyon "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerinni ortga qaytarishga uringan "Barselona" rahbarlari bu fikridan voz kechdi. Bunga sabab qilib London klubi yosh futbolchisidan ayrilishni istamagani va o‘ta katta miqdordi transfer summasi talab qilgani ko‘rsatilmoqda.

Tecno
 

Lekin "Barselona" yozda o‘ng qanot himoyachisini olishga majbur. Daniel Alves ketganidan ubuyon bu pozitsiyani yopadigan himoyachi topilmayapti. Shuning uchun ham kataloniyaliklar "Valensiya"ning portugaliyalik himoyachisi Joau Kanseluni olishni maqsad qildi.

Kanseluning transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda. Bu futbolchi joriy mavsumda La ligada 27 ta uchrashuvda o‘ynadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!