
"Barselona" "billur oyoq" yulduzi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
"Barselona" futbolchisi Usman Dembele jamoada qolishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.
"Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ronald Kuman klub frantsiyalik yarim himoyachi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida ekanligini ma’lum qildi.
"Biz Dembele faoliyatini Kataloniyada davom ettirishini istaymiz. Yaqin kunlarda u bilan yangi bitim imzolaymiz. Rahbariyat bu muammoni hal qilishi kerak",-dedi niderlandiyalik mutaxassis. Avvalroq, 24 yoshli futbolchi xizmatiga "Nyukasl" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Dembele kataloniyaliklar safiga 2017 yilda Dortmundning "Borussiya"sidan kelib qo‘shilgan va bu vaqt oralig‘ida 118 o‘yinda 30 ta gol urgan. Shuningdek, uning hisobida 21 assist mavjud. Iyun oyida jarohat olgan futbolchi joriy mavsum hali maydonga tushmadi.
Fikrlar