"Barselona" Bundesligadan futbolchi xarid qilmoqchi

  • 26 avgust, 19:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Robert Levandovskining o‘rniga yangi hujumchi sotib olmoqchi. Bu haqda "El Nacional"nashri ma’lum qildi.

Tecno

Xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar sport direkori Dekuning fikricha, klub 2026 yilning yozida "Bavariya” futbolchisi Harri Keynni sotib olishi mumkin va bu jamoa uchun ideal transfer bo‘ladi. Ayni paytda Levandovski 37 yoshda va uning "ko‘k-anorranglilar" bilan tuzgan shartnomasi keyingi yilning iyun oyida o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Keyn myunxenliklar safida 98 ta o‘yinda maydonga tushib, 89 ta gol va 26 ta assist qayd etdi. Hozirda uning "Transfermarkt" portalidagi narxi 75 million evro etib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!