"Barselona" darvozaboni "Liverpul"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Yasper Sillessen o‘ziga jiddiy qiziqish bildirayotgan "Liverpul"ga javobini aytdi.
Bir qator ispan nashrlarining yozishicha 29 yoshli gollandiyalik posbon asosiy tarkibda o‘ynashni va’da qilayotgan mersisaydliklarga o‘z roziligini bildirgan. Uning transferi esa “Liverpul”ga 60 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Sillessen yakunlangan mavsum “Barselona” safida jami 11ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 3ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan.



Fikrlar