
"Barselona" de Ligtni qo‘lga kiritish uchun "Ayaks"ga 4 nafar futbolchisini ijaraga berishi mumkin
"Barselona" va "Ayaks" klublari gollandiyalik himoyachi Matteys de Ligtning transferi borasida muzokaralarni davom ettirishmoqda.
Catalunya Radio nashri tarqatgan xabarga ko‘ra tomonlar nafaqat 19 yoshli futbolchining tovon puli haqida, balki, kataloniyaliklarning bir nechta futbolchisining ijarasini ham muhokama qilishmoqda.
Unga ko‘ra “Barselona” de Ligtning transferiga birdaniga 4 nafar futbolchisi - Jan-Kler Todibo va Xuan Miranda (ikkalasi himoyachi), shuningdek Oriol Buskets va Rikard Puchlarni (ikkalasi yarim himoyachi) ijarasini ham kiritishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” de Ligt uchun 60 mln evro taklif qilayotgani, biroq “Ayaks” 100 mln evro talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar