“Barselona” de Yong borasida bir qarorga keldi

  • 4 iyun, 2022, 17:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" moliyaviy muammolarni hal qilish uchun yarim himoyachi Frenki de Yong bilan xayrlashishga qarshi emas.

Daily Mail nashri jurnalisti Saymon Jonsning yozishicha, “ko‘k-anorranglilar” niderlandiyalik futbolchi borasida “Manchester Yunayted”dan rasmiy taklif kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, de Yong "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Hagning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Mutaxassis avvalroq yarim himoyachi bilan Amsterdamning “Ayaks” klubida birga ishlagan.

Qayd etilishicha, “Barselona” de Yongni 80 million evro evaziga sotishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Frenki yakuniga etgan mavsum Ispaniya La Ligasi doirasidagi 32 uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 gol va 3 golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!