
“Barselona” de Yong borasida umidini uzgani yo‘q
"Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yongning klubdagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.
Boisi, kataloniyaliklar niderlandiyalik futbolchining jamoada olib qolishidan manfaatdor emas, deb yozdi ispan jurnalisti Elena Kondis
Manba bergan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati yaqin orada Frenki klubini o‘zgartirishga qaror qilishi va o‘zining transferiga rozi bo‘lishiga ishonchi komil.
Oldinroq "Manchester Yunayted" de Yong sotib olishga tayyor bo‘lgan yagona klub ekani xabar qilingandi. Shuningdek, unga Myunxenning “Bavariya” klubi ham da’vogarlar qatorida bo‘lib turibdi.
25 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda kataloniyaliklarning barcha turnirlar doirasidagi 45 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Fikrlar