"Barselona" Dembelega yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 17 iyul, 2021, 12:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yaqin kunlarda frantsiyalik yarim himoyachi Usmon Dembele bilan yangi shartnoma tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Tecno

Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra, klub rahbariyati Dembelega yaqin yillar davomida uni "Barselona"ning bir qismi sifatida ko‘rishini va shu sababli yangi shartnoma taklif qilishini ma’lum qilmoqchi.

Usmoning o‘zi ham Evropa chempionatidan so‘ng Kataloniya klubida o‘ynashni davom ettirishini aytgan edi.

Dembelening klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi, shu sababli "Barselona" shartnomani yangilashga bel bog‘lagan. Aks holda, klub futbolchini bir yildan so‘ng erkin agent sifatida tekinga qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi.

Dembele o‘tgan mavsum "Barselona" safida jami 30 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!