
"Barselona" Dembelening narxini e’lon qildi
"Barselona" kluyui vingeri Usmon Dembele joriy yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Sportsmole nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 22 yoshli frantsiyalik futbolchining transfer narxini ma’lum qilishgan. Kataloniyaliklar Dembeleni 400 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Dembeleni Neymar evaziga PSJga berishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Dembele o‘tgan mavsum La Ligada 29ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar