"Barselona" Destning transferini qachon e’lon qiladi?
"Ayaks" klubi o‘ng qanot himoyachisi Serjino Dest faoliyatini "Barselona"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Jurnalist Gilem Balagening xabar berishicha, “ko‘k-anor ranglilar” 19 yoshli amerikalik futbolchining transferini yangi hafta boshida e’lon qiladi. Uning transferi esa 25 mln evroga tushishi aytilmoqda.
Dest o‘tgan mavsum “Ayaks” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar