
"Barselona" "Eybar"ga qarshi bahs uchun o‘z qaydnomasini e’lon qildi
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing 9-turidan o‘rin olgan “Eybar”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi.
Aytish kerakki, diskvalifikatsiya sabab himoyachi Jerar Pike va vinger Usmon Dembele ushbu ro‘yxatga kiritilmadi.
«Barselony»: Mark-Andre ter Stegen, Nelson Semedu, Ivan Rakitich, Serdji Buskets, Jan-Kler Todibo, Artur, Luis Suares, Lionel Messi, Neto, Kleman Langle, Mussa Vage, Antuan Grizmann, Jordi Alba, Serdji Roberto, Karles Alenya, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Karles Peres, Anssumane Fati, Arnau Tenas, Xunior Firpo, Samyuel Umtiti.
Ma’lumot uchun, “Eybar” – “Barselona” uchrashuvi 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
Fikrlar