
"Barselona" frantsiyalik futbolchisini qanchaga sotishini ma’lum qildi
Mavsumni “Shalke” safida ijarada o‘tkazayotgan Jan-Kler Todibo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda, 20 yoshli frantsuzga “Everton” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Kataloniyaliklar esa uni 25 mln evro va qo‘shimcha 2 mln evro bonus evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
O‘z navbatida “Shalke” ham Todiboni tarkibda saqlab qolishni xohlayapti, lekin nemis klubi “Barsa” so‘rayotgan mablag‘ni to‘lay olmaydi.
Jan-Kler Todibo bu mavsum Bundesligada bor yo‘g‘i 6 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar