
"Barselona" futbolchisini Madrid klubiga ijaraga berib yubordi (FOTO)
“Barselona” yarim himoyachisi Karles Alenya mavsumning qolgan qismini “Xetafe”da o‘tkazadigan bo‘ldi.
Madrid klubi 23 yoshli ispaniyalik futbolchini yarim mavsumga ijaraga olgan. Endi “Xetafe” ushbu davr mobaynida Alenyaning maoshini to‘lab beradi.
Karles Alenya joriy mavsum La Ligada bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar