"Barselona" hech bir sovrinni boshqalarga qoldirmaydi
"Barselona" yarim himoyachisi Arda Turon jamoaning joriy mavsumdagi maqsadlarini oshkor qildi.
- "Barselona" yangi mavsumda barcha sovrinlarni o‘ziniki qilishni maqsad qilgan, - dedi Arda Turon. - Biroq buning uchun ancha ter to‘kishimizga to‘g‘ri keladi.
Hozircha, "Barselona" La ligada "Real"dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda va musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. Arda Turonning o‘zi to‘qqiz uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va uch marotaba samarali pas uzatdi.

Fikrlar