"Barselona" himoyachisi bilan xayrlashganini e’lon qildi
"Barselona" rasman 34 yoshli himoyachi Inigo Martines bilan xayrlashdi.
Ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar safida ikki mavsum to‘p surib, barcha musobaqalarda jami 71 o‘yinda maydonga tushdi. Mazkur to‘qnashuvlarda 3 gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Martines ko‘k-anorranglilarni tark etib, Saudiyaning "An-Nasr" klubiga borib qo‘shilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining transferi saudiyaliklar tomonidan yaqin soatlar ichida e’lon qilinishi mumkin.
Fikrlar