"Barselona" himoyachisiga La Liga klubi qiziqish bildirmoqda

  • 28 avgust, 2023, 20:11
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Klemen Langle faoliyatini La Liganing boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Unga "Real Betis" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatdi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, frantsiyalik futbolchini "An-Nasr" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi, lekin u Evropani tark etishni istamayapti. Langle ayni paytda "Barsa"ning eng ko‘p maosh o‘yinchilaridan biri. Shu sababli, klub uni tezroq sotishga harakat qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, himoyachi 2017-2018 yillar oralig‘ida "Sevilya"da ham o‘ynagan. U 36 million evaziga kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!