
"Barselona" hujumchisi yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi
Memfis Depay "Barselona"ni tark etib, "Yuventus"ga o‘tish arafasida.
28 yoshli niderlandiyalik forvard kataloniyaliklar bilan shartnomani bekor qilib, Italiya grandi safiga erkin agent sifatida qo‘shilish arafasida.
Jurnalist Janluka Di Martsio bergan xabarga ko‘ra, turinliklar ushbu transfer amalga oshgach, "Barselon" Pyanich uchun to‘lashi kerak bo‘lgan ayrim bonuslardan voz kechishga tayyor.
Depay "keksa senora" bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Uning yangi jamoasida maoshi 6 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar