“Barselona” Karimni o‘z safiga chorlamoqda

  • 16.09.2021 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumni yorqin boshlab, “Zaltsburg” klubi va Germaniya terma jamoasi safida gol urayotgan Karim Adeyemining xaridorlari ko‘payib ketdi.

Hozirgacha, 19 yoshli futbolchini “Bavariya” va “Liverpul” talashayotgan edi. Endi ular safiga “Barselona” ham qo‘shildi.

Kataloniyaliklarga germaniyalik futbolchining yoshligi va iste’dodidan tashqari, uning transfer summasi nisbatan arzonligi ham ma’qul kelmoqda. “Zaltsburg” klubi kelajagi porloq, deb qaralayotgan vunderkindni 20 million evroga sotib yuborishga tayyor.

“Barselona” Karimga xaridor yanada ko‘payib ketmasligi uchun yozgacha kutmasdan, transferni qishda amalga oshirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!