"Barselona" kelasi mavsum EChLda o‘ynaydimi? UEFA qaror qabul qildi

  • 30 iyun, 2023, 22:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA "Barselona"ga Chempionlar ligasida o‘ynashga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi bunga qadar Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi hakamlar texnik qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan Xose Mariya Enrikes Negreyraga to‘langan pullar tufayli korruptsiyada gumon qilingandi. 2001 yildan 2018 yilgacha Negreyra Kataloniya klubidan 7,3 million evro olgan.

UEFA mutasaddilari ushbu ish bo‘yicha ichki tergovni yakunladi.

Xabarda aytilishicha, "Barselona"ga 2023/24 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishiga ruxsat beriladi. Murabbiy Xavi shogirdlari o‘tgan mavsum La Ligada g‘olib chiqqan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!