
"Barselona" Koutinoning narxini e’lon qildi
Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoa vingeri Filippe Koutinoni sotib yuborishga qaror qildi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 26 yoshli braziliyalik futbolchining transferini 100 million evroga baholashmoqda. Unga esa "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Koutinoni 2018 yilning yanvarida "Liverpul"dan 120 million evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 52ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar